
"Lion" uzoq muddatga safdan chiqqan Depay o‘rniga La Ligadan o‘rinbosar topdi
"Lion" klubi "Vilyarreal" hujumchisi Karl Toko Ekambining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda France Football nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra lionliklar 27 yoshli kamerunlik futbolchini jarohat sabab uzoq muddatga safdan chiqqan Memfis Depay o‘rniga munosib ko‘rishmoqda. Ushbu transfer esa ularga taxminan 20 mln evroga tushishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Ekambi “Vilyarreal” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 62 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 24 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar