"Lion" prezidenti: Hozircha Fekirning transferi borasida hech qanday taklif olmadik

  • 18 iyun, 2019, 23:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lion” klubi prezidenti Jan-Mishel Olas jamoa yarim himoyachisiNabil Fekirning jamoadan ketishi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Nabil jamoadan ketmoqchi, bu uning xohishi. Biz bu boradagi muzokaralarga tayyormiz. Fekirning transferi borasida eshiklarimiz hamisha ochiq. Ammo, ayni paytda hech bir klubdan rasmiy taklif olmadik”, - deydi prezident.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Fekirga “Liverpul”dan jiddiy qiziqishlar mavjud ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli frantsiyalik futbolchi o‘tgan mavsum “Lion” safida 47ta o‘yinda maydonga tushdi va 15ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!