"Lion" prezidenti: Benzemani ortga qaytarishga qurbimiz etmaydi, ammo...
Frantsiyaning "Lion" klubi prezidenti Jan-Mishel Ole ayni damda "Real"da to‘p surayotgan sobiq hujumchisi Karima Benzemani yana jamoaga qaytarishi mumkinligi haqida gapirib o‘tdi.
“O‘tgan yoz Karim bilan uni qaytarish bo‘yicha gaplashgandim. U bu boradagi muzokaralarga tayyorligini bildirgan. Biroq, o‘shanda bizning moliyaviy ahvolimiz uni sotib olishga etmasdi. Agar Benzema qachondir ortga qaytsa ajoyib bo‘lar edi”, - deydi Ole.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli Benzema “Lion” safida 2004-2009 yillarda to‘p surgan.



Fikrlar