
Lindelyof: "Ten Xagning talablari bizni xavotirga solayotgani yo‘q"
"Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelyof bosh murabbiy Erik ten Xag va uning talablari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Hamma kelajakka optimistik qaraydi. Bu rost gap. Biz ham o‘tgan mavsumdan ko‘ra yaxshiroq harakat qilishimizga ishonamiz.
Futbolchilar yangi murabbiy bilan mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutmoqda. Hozir uning ish usulini o‘rganmoqdamiz.
Mashg‘ulotlarimiz yana faollashdi. Birinchi kuni murabbiy bizdan nima istayotganini tushuntirib berdi. Uning talablari bizni xavotirga solayotgani yo‘q. Sababi, biz professionallarmiz va bu biz uchun odatiy hol", - dedi shvetsiyalik himoyachi.
Fikrlar