
Ligi 1: “Top-5” transferlar
Evropaning eng kuchli besh ligasida 1 sentyabr kuni yozgi transferlar oynasi rasman yopildi. Ekspertlar Frantsiya chempionatining eng qimmat beshta transfer reytingini tuzib chiqdi.
Sports.uz portali o‘quvchilarni ushbu ro‘yxat bilan tanishtiradi:
Ilya Zabarniy — “Bornmut”dan PSJga, € 63 mln;
Lyuka Shevale — “Lill”dan PSJga, € 40 mln;
Igor Payshao — “Feyenoord”dan “Olimpik Marsel”ga, € 30 mln;
Xulio Ensiso — “Brayton”dan “Strasburg”ga, € 18,5 mln;
Otavio — “Portu”dan “Parij”ga, € 17 mln;
Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jerman” moliyaviy tomondan Frantsiyaning boshqa klublaridan ancha ustun ekanini xaridlar summasidan ham bilib olish mumkin.
Fikrlar