
Liga kubogi. AGMK va "Paxtakor" ham yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi
Olmaliqning AGMK klubi o‘z maydonida "Metallurg"ni qabul qildi va Zafar Polvonov tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga yarim finalga chiqdi.
Parallel ravishda kechgan "Paxtakor" - "Sho‘rtan" qarama-qarshiligida esa poytaxtliklar 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Sherzod A’zamov va Dostonbek Hamdamovlar (dubl) mualliflik qildi.
Fikrlar