Liga 1. "Monako" o‘z uyida PSJni minimal hisobda engdi

  • 29 noyabr, 22:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Liga 1ning 14-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahsda Sebastyan Pokonoli boshqaruvidagi "Monako" jamoasi o‘z maydonida Luis Enrikening PSJisini qabul qilib, minimal 1:0 hisobida zafar quchdi. 
 
O‘yindagi yagona va hal qiluvchi golni esa 68-daqiqada Takumi Minaminoni kiritdi. Bundan tashqari, uchrashuvning 80-daqiqasida "Monako" futbolchisi hisoblangan Tilo Kerer qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Shuningdek, 86-daqiqada Pol Pogba zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. 
 
 Ma’lumot o‘rnida, "Monako" ushbu g‘alaba orqali ochkolar sonini 23 taga etkazib, 6-o‘ringa ko‘tarildi. PSJ esa 30 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Lekin "Marsel" o‘z bahsida g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, etakchiga aylanib olishi mumkin.

Tecno

  • Fransiya - Liga 1
  • Joriy Mavsum

Monako

  • Takumi Minamino 68'
Tugadi
1 : 0

29.11.2025 21:00

PSJ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!