Liga 1. Mbappe va Ramos jarohat olgan uchrashuvda PSJ 3 ochko qo‘lga kiritdi

  • 2 fevral, 2023, 03:08
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionati 21-turidan o‘rin olgan "Monpele" - PSJ bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda parijliklar 3:1 hisobida raqibidan ustun keldi. 

Dastlab, 55-daqiqada Fabian Ruis uchrashuvda hisobni ochdi. 73-daqiqada Messi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 89-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda mezbonlar futbolchisi Norden hisobni qisqartirgan golga mualliflik qildi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Zair-Emri o‘yinga mantiqiy yakun yasab berdi. 

Ochkolari sonini 51 taga etkazib olgan PSJ Frantsiya chempionati turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. 

Qayd etish lozim, o‘yinning ilk taymida Parij klubi etakchilari Mbappe hamda Ramos jarohat olib, maydonni tark etdi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!