
Liga 1. "Lans" safarda "Lion"ni mag‘lub qildi. Husanov esa...
"Lans" "Lion" mehmoni bo‘lib, yirik 0:3 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Sotoka hisobni ochgan bo‘lsa, Vai penaltini aniq amalga oshirib, farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Shundan so‘ng Danso ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Husanov esa 87-daqiqada Graditning o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi.
Mazkur bahsdan keyin "Lans" 6-o‘rinda qoldi. "Lion" esa 11-pog‘onaga tushib ketdi.
"Lion" 0:3 "Lans"
Fikrlar