
“Lids“ vakiliga APLning 5 klubidan taklif bor
“Lids“ futbolchisi Kelvin Fillips APL grand klublari e’tiborini tortmoqda. Uni hozirda 5 jamoa o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
MYu, “Liverpul“, “Chelsi“, “Arsenal“ va “Nyukasl“ angliyalik yarim himoyachini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. Biroq “Lids“ rahbariyati futbolchini sotmoqchi emas.
Ular 26 yoshli iste’dod sohibini shartnomasi tugagunga qadar jamoada olib qolmoqchi. Futbolchi ham ayni payt ketish haqida o‘ylamayapti.
Ma’lumot o‘rnida, Kelvinning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi.
Fillips ushbu mavsum APLning 12 o‘yinida bitta assist muallifiga aylangan.
Fikrlar