
"Lids" ishtahasi ochilgan "Manchester Yunayted"ni to‘xtatib qoldi
Angliya chempionati 33-turida "Manchester Yunayted" safarda "Lids"ga qarshi saf tortdi. Bellashuvda jamoalar gol ura olmay, durang qayd etdi.
Tomonlarning birinchi davradagi bellashuvda mankunianlar 6:2 hisobida zafar quchgandi. Bu gal darvozalarga yo‘l topilmadi.
Shu tariqa, MYuning 5 o‘yindan beri davom etgan g‘alabali seriyasiga "Lids" chek qo‘ydi. Uchrashuvdan so‘ng Sulsher shogirdlari 67 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi. Marselo Belsa jamoasi 47 ochko bilan bir pog‘ona yuqorilab, 9-o‘ringa joylashdi.
Fikrlar