"Leyptsig"ning sobiq murabbiyi Belgiya terma jamoasini boshqarishi mumkin

  • 28 yanvar, 2023, 15:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Domeniko Tedesko Belgiya terma jamoasini boshqarishga yaqin turibdi. Belgiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi jamoaga yangi bosh murabbiy qidirishni davom ettirib, 37 yoshli mutaxassisga e’tibor qaratdi.

Tecno

"Spartak"ning sobiq murabbiyi assotsiatsiya tomonidan ilgari surilgan bir qancha mezonlarga javob beradi. U bir nechta tillarni biladigan, ma’lumotlar va taktikaga katta e’tibor beradigan murabbiydir.

Domenikoning oxirgi ish joyi "Leyptsig" klubi edi. Nemis klubi sentyabr oyida murabbiyni ishdan bo‘shatgan edi.

Belgiya futbol rasmiylari kelasi haftada terma jamoaga yangi bosh murabbiyni tayinlashga umid qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!