Levchenko: Raqibga o‘yin borasida yutqazmadik

  • 7 oktabr, 2023, 22:57
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 21-turida mehmonda “Nasaf” klubiga mag‘lub bo‘lgan “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko mag‘lubiyat haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

“Bugun biroz diqqat va ehtiyotkorlik etishmadi. Raqibga o‘yin borasida yutqazmadik. Bu o‘yin bilan yaxshi natija ko‘rsatishimiz kerak edi. O‘yin teng kurashlar ostida kechdi. So‘nggi daqiqalarga qadar muxlislarni hayajonda ushlab turdi. Qaysidir jihatda raqibning omadi keldi”, - dedi Levchenko.

“Nasaf” kuchli raqib va buni doimo aytganman. Asosiy xato – eng kerakli vaziyatlarda diqqatimizni yo‘qotdik. Ayniqsa, darvozamiz oldidagi hujumlar vaqtida. Mavsum yakunida jamoa qanday o‘rinda bo‘lishini hozir aytishim qiyin. Buni mavsum yakunida bilamiz. Qolgan barcha o‘yinlarda yaxshi natija uchun kurashamiz”.

“Abdulloh Olimov va Sunnatulloh Abdullajonovning ikkisi ham jarohat olishgan. Shu bois, so‘nggi o‘yinlarda ishtirok etishmayapti”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Kesh
08/10/2023 00:47
Узбек мутахасиси олдида хамманг тан ол .шатцкий
Бабаян
Левчкнко
Якинда Абрамович тан олишга мажбур
Назрулла Хамраев
08/10/2023 02:34
Ҳаққоний коммент!
Шоим Зарипов
08/10/2023 08:59
Бердиев бу барибир Бердиев Узбекистонни хозирги кундаги 1-ракамли мураббийи хатто Пахтакор 80% уйинчиларини олганда хам етакчилар сафидан тушмади Нефтчи яхши жамоа факат вилоят хокимини куллаши ортидан буларга хам омад тилаймиз лекин Рузикулга тош отган журналист ва айрим футбол рахбарларини тили бир жойига кириб кетди.
&
Uzbek ligion
08/10/2023 06:48
Neftchi uyini zur. Moboda Trener yoki xokim almashsa fargonada shu uyin qoladimi vaqt kursatadi