"Levante" sardori Vinisius Juniorning harakatlarini tanqid qildi

  • 24 sentabr, 14:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liganing 6-turida "Real" "Levante"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Kilian Mbappe penaltidan uchinchi golni urganida, madridliklar vingeri Vinisius Junior raqib himoyachisi Unai Elxesabalning yuziga qo‘li bilan tegdi. Himoyachi bu holatni hakamga ko‘rsatdi, ammo u hech qanday chora ko‘rmadi.

Tecno

"Men mojaroni kuchaytirmoqchi emasman. Biz insonmiz va bizga nisbatan hurmatsizlik bo‘lsa, bo‘ldi deyishimiz kerak.

U katta salohiyatga ega o‘yinchi, lekin ba’zi vaziyatlar borki, men ularni qabul qila olmayman. U ba’zida shunday qiymatlarni ko‘rsatadiki, bo‘ldi deyishga to‘g‘ri keladi. Men jamoadoshlarimni himoya qilaman va ayrim vaziyatlarni e’tiborsiz qoldira olmayman", – dedi Elxesabal o‘yindan so‘ng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!