
"Levante" sardori: "Barsa"da 4 ta imkoniyat bo‘ldi va ular 3 ta gol urib ketdi"
"Levante" sardori Xose Luis Morales "Barselona"ga uchralgan mag‘lubiyat (2:3)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Agar biz vaziyatlardan unumli foydalana olganimizda, kamida 1 ochko olishimiz aniq edi. Biz "Barsa"ga qaraganda ancha dadil va yaxshiroq harakat qildik.
Raqib maydonida kuchli pressing uyushtirdik. Ko‘p marotaba yakkakurashlarda ustun keldik.
Biroq raqib 4 ta qulay imkoniyatga ega bo‘ldi va o‘sha vaziyatlardan 3 ta gol urib ketdi. Ammo g‘alaba qozonish uchun samarali harakat qilish kerak. Har bir vaziyatdan unumli foydalanish muhim.
Penaltini bizda turli futbolchilar tepmaydi. Biz Roxerni qo‘llab-quvvatlaymiz. "Levante" - bu bir jamoa. Biz birga yutamiz, vaqti kelganda birga yutqazamiz. Mag‘lubiyatda hech qachon bir inson aybdor bo‘lmaydi", - dedi "Levante" futbolchisi.
Fikrlar