"Levante" La Liga etakchisini mag‘lubiyatga uchratdi

  • 20 fevral, 2021, 22:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi 24-turida "Atletiko" "Levante" bilan kuch sinashdi va kichik (0:2) hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

O‘yin "Atletiko"ning ustunligi ostida kechdi, biroq mehmonlar imkoniyatlardan unumli foydalana oldi. 38-daqiqada Joze Morales himoyachidan qaytgan to‘pdan so‘ng darvozaga kuchli zarba berdi, to‘p rikoshet bilan darvozadan joy oldi. Ikkinchi taymga qo‘shib berilgan beshinchi daqiqada Xorxe de Frutos maydon markazidan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Levante" 24 o‘yinda ochkolari sonini 31 taga etkazdi va 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi, "Atletiko" esa 23 o‘yinda 55 ochko bilan 1-o‘rinda qoldi.

O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!