
Levandovskining o‘rnini egallashga tayyorman!
“Lill” to‘purari Jonatan Devid “Barselona”ga ko‘chib o‘tib, kataloniyaliklarning 36 yoshli forvardi Rober Levandovskining o‘rinbosari bo‘lishga tayyor ekanini bildirdi.
Sport.es saytining ma’lum qilishicha, kanadalik futbolchining frantsiyaliklar bilan shartnomasi yozda tugaydi. Biroq bu transfer Kataloniya superklubiga umumiy hisobda 80 million evroga tushadi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu summa ichiga mehnat shartnomasini imzolash bonusi, besh yillik maosh, agentlar komissiyasi kiradi.
“Barselona” rahbariyati Devid darajasidagi futbolchini besh yil o‘ynatish uchun 80 million evro maqbul narx, degan xulosaga keldi.
Fikrlar