Levandovskini hayron qoldirishdi

  • 15 iyul, 2022, 16:43
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskini o‘z safiga qo‘shib olish uchun navbatdagi taklifni jo‘natdi. Biroq, kataloniyaliklarning bu so‘rovi ham nemis klubi tomonidan rad etilgan.

Tecno

Jurnalist Kristian Falkning xabar berishicha, Levandovski “nemis mashinasi” “ko‘k-anorranglilar”ning 40 million evrolik so‘rovi yana rad etish qaroridan hayron qolgan.

Levandovskining fikricha, 2023 yilning yozida erkin agentga aylanadigan futbolchi uchun “Barsa” taklif qilgan narx juda ham mos keladi.

Polshalik futbolchi “Bavariya”ning qaroridan norozi bo‘lgan bo‘lsa-da, klub bazasida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.

“Barselona” avvalroq “Lids”dan Rafinyani 70 million evro evaziga sotib olgan edi. Shuningdek, ular frantsiyalik futbolchi Usmon Dembele bilan ham  2 yillik shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!