Levandovski Yamalni nega urishib berganini aytdi

  • 15 noyabr, 2023, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan  “Barselona” va “Alaves” uchrashuvida Robert Levandovski yosh jamoadoshi Lamin Yamalga baqirgani va uni qo‘l berganiga javob qaytarmagani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

Tecno

Bunga sabab 16 yoshli futbolchi raqib jarima maydonchasi ichida qulay vaziyatda turgan 36 yoshli to‘purarga to‘pni uzatmagani sabab bo‘ldi.

Robert Levandovski bu vaziyatga izoh berdi.

- To‘g‘risini aytsam, bu izoh berishga arziydigan holat emas. Lamin bilan munosabatim haqida gapiradigan bo‘lsam, men u bilan juda ko‘p muloqot qilaman, yordam beraman va maslahatlarimni ayamayman.

Shu ma’noda, maydonda o‘yin vaqtida gapimni yaxshiroq eshitishi uchun baqirishim ham normal holat, deb bilaman. Unga besh tashlamaganim toza tasodif. Bundan biror noto‘g‘ri ma’no chiqarish kerak emas.

Ispan matbuoti mana shunday holatlar orqali shov-shuv ko‘tarishga o‘ch va har bir narsani o‘ziga ma’qul tarzda talqin qiladi. Bular ahamiyatsiz narsalar, - dedi Robert Levandovski.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!