Levandovski va Xolandning tarixiy rekordi o‘chdi. Ulardan zo‘ri chiqib qoldi

  • 12 fevral, 08:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining dastlabki uchrashuvida “Sporting” o‘z maydonida “Borussiya Dortmund” jamoasiga 0:3 hisobida yutqazdi.

Tecno

Ushbu bahs qahramoni dortmundliklar hujumchisi Seru Girassi bo‘ldi. Afrikalik forvard bellashuvda bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

Bu samaradorlik unga klub tarixida yangi rekord keltirdi.

Opta Sport statistika markazining ma’lum qilishicha, Girassi Chempionlar ligasining bir mavsumida samarali harakatlar bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Joriy musobaqada tajribali hujumchi to‘qqizta uchrashuvda 13 ta samarali harakatni (10 ta gol va 3 ta assist) amalga oshirdi.

Shu tariqa, Girassi yaqin o‘tmishda Dortmund klubida to‘p tepgan Robert Levandovski va Erling Xoland rekordini yo‘qqa chiqardi. Polshalik forvard 2012-2013, norvegiyalik to‘purar 2020-2021 yilgi mavsumlarda Chempionlar ligasida 12 ta samarali harakatni (10 tadan gol, ikkitadan assist) amalga oshirgan edi.

Bundan tashqari, Girassi Chempionlar ligasida bir mavsumida ko‘p gol urish bo‘yicha Levandovski va Xolandga etib oldi. Har uchala hujumchidan 10 tadan gol bor. Keyingi bellashuvlarda gol urgan taqdirda Girassi bu borada yaqqol rekordchiga aylanadi.

Shuningdek, gvineyalik Girassi Evropa Chempionlar ligasi tarixida ketma-ket o‘nta uchrashuvda gol urgan yoki samarali pas oshirgan birinchi afrikalik o‘yinchi sifatida tarixga o‘z nomini muhrlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!