
Levandovski sotib olindi. "Barselona"ning keyingi transfer rejalari qanday?
"Barselona" prezidenti Joan Laporta hujumchi Robert Levandovski bilan tuzilgan shartnomadan so‘ng klubning keyingi transfer rejalari haqida gapirdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.
"Robertning transferidan so‘ng biz himoya chizig‘ini kuchaytirish ustida ishlash niyatidamiz", - dedi Laporta.
Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Levandovski "Barselona"ga o‘tgan edi. Transfer summasi 45 million evroga baholanmoqda.
Kataloniyaliklar ximoya chizig‘ini kuchaytirish uchun Jyul Kunde, Sezar Aspilikueta va Markos Alonso nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar