Levandovski Ronaldu va Falkaoning rekordini takrorladi

  • 4 sentabr, 2022, 02:04
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Robert Levandovski “Sevilya” darvozasiga "Barselona" safidagi 5-golini kiritdi. Mazkur gol futbolchiga klub safida o‘ziga xos rekordni o‘rnatishga yordam berdi.

"Sevilya" — "Barselona" o‘rtasidagi o‘yinning 36-daqiqasida polyak hisobni 0:2 hisobida o‘rnatdi va Ispaniya chempionatining dastlabki to‘rtta o‘yinidagi beshinchi goli bo‘ldi. “Opta” nashri xabariga ko‘ra, Levandovski 21 asrda La Ligadagi debyut to‘rt o‘yinida besh va undan ko‘p gol urgan uchinchi futbolchi bo‘ldi - bungacha faqat Krishtianu Ronaldu (2009 yilda) va Radamel Falkao (2011 yilda) mazkur natijani qayd etgan.

Ma’lumot o‘rnida, ayni dam Robert Levandovski "Selta" sharafini himoya qilayotgan Iyago Aspas bilan birga chempionat to‘purarlari ro‘yxatini boshqarib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!