
Levandovski oxirgi marotaba 2022 yilda xet-trik qilgandi
Robert Levandovski "Valensiya" bilan o‘yinda (4:2) xet-trik muallifiga aylandi.
"Barselona" forvardi La Liganing 33-turi doirasidagi uchrashuvning 49, 82 hamda 93-daqiqalarida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Oxirgi marotaba polyak 2022 yilning 7 sentyabrida Chempionlar ligasidan o‘rin olgan "Viktoriya Plzen"ga qarshi bahsda uchta gol kiritgandi.
Robert joriy mavsum La Ligada 16 ta gol bilan to‘purarlar poygasida 4-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar