Levandovski o‘rnini zo‘r futbolchi egallaydi

  • 14 avgust, 2022, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” rahbariyati “Barselona”ga o‘tib ketgan Robert Levandovski o‘rniga “Chelsi” hujumchisi Kay Xavertsni olib kelishni maqsad qildi.

Tecno

Myunxenliklar Germaniya terma jamoasi hujumkor futbolchisi polshalik to‘purar o‘rnini munosib tarzda to‘ldirishiga qat’iy ishonmoqda.

Shunga qaramay, bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. “Chelsi” ikki hujumchi – Romelu Lukaku va Timo Vernerni qo‘yib yubordi. Kay Xavertsning xarakatlari bosh murabbiy Tomas Tuxelni qoniqtirmoqda.

“Bayer” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 23 yoshli futbolchi maydonda bir necha pozitsiyada o‘ynay oladi. Universal futbolchi shu kunga qadar Angliya va Germaniya klublarida jami 308 ta o‘yin o‘tkazib, 97 ta gol va 49 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!