Levandovski: Hozir eng zo‘ri shu futbolchi!

  • 27 sentabr, 2024, 18:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujum chizig‘i etakchisi Robert Levandovski o‘zi bilan birga o‘ynayotgan Lamin Yamalning iqtidorini juda yuqori baholamoqda.

Tecno

17 yoshli pleymeyker qisqa fursatda jamoaning liderlaridan biriga aylandi va “Barselona”ning o‘yiniga jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda.

- Men Lamin Yamalni dunyodagi eng zo‘r hujumkor futbolchi, deb bilaman. Lekin eng muhim narsa – zo‘r boshlash emas, faoliyatini yaxshi tugatish.

Lamin hozir 17 yosh, u oldindagi 10-15 yillik faoliyati haqida o‘ylashi kerak. 2-3 yil bilan cheklanib qolmaslik lozim. Oldinda uni juda uzoq davom etadigan karera kutib turgan bo‘lishi mumkin, - dedi 36 yoshli Robert Levandovski.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!