
Levandovski Harri Keyn uning rekordini urishiga ishonmadi
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski “Bavariya”da o‘ynab yurgan kezlari bir mavsumda eng ko‘p gol urish bo‘yicha Bundesliga rekordini o‘rnatgan edi. O‘shanda polshalik forvard 29 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 41 ta to‘p kiritgan.
Bu mavsum “Bavariya”da asosiy to‘purar vazifasini Harri Keyn bajarmoqda. “Tottenxem”dan transfer qilingan yulduz Bundesligada to‘purarlik mahoratini namoyish qila boshladi.
Levandovskidan Keyn uning rekordini yangilashi mumkinligiga munosabat so‘rashdi.
- O‘z rekordim haqida o‘ylasam, bu imkonsiz, deb hisoblayman. Bu aqlbovar qilmas holat edi. Harri Keyn zo‘r o‘yinchi, lekin Bundesliga murakkab chempionat. Menimcha, unga moslashish uchun biroz vaqt kerak, - dedi Robert Levandovski.
Fikrlar