
Levandovski futboldan ketadigan bo‘lyapti
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski faoliyatining oxirgi bosqichini boshidan o‘tkazayotganini aytdi.
- Katta ehtimol bilan futboldagi so‘nggi yillarimni o‘tkazyapman. Hali ikki-uch yil vaqtim bor. Noto‘g‘ri tushunmang, men har doim gollar urishni va muvaffaqiyat qozonishni istayman. Lekin hozir avvalgidek emasman, - dedi Robert Levandovski.
Polshalik hujumchi o‘z yurtida bir necha jamoalarda to‘p tepganidan keyin kuchli beshlik chempionatlaridagi faoliyatini 2010 yili boshlagan. Shu yili uni Dortmundning “Borussiya” jamoasi “Lex” klubidan 4,75 million evroga transfer qilgan.
Robert “Borussiya”dan keyin 2014-20122 yillar davomida “Bavariya” sharafini himoya qildi.
35 yoshli forvard klublar miqyosida 726 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 544 marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar