Levandovski birdaniga ikkita “Oltin to‘p” olishi kutilmoqda

  • 18 avgust, 2021, 07:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

France Football nashri tomonidan dunyoning eng zo‘r futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p” sovrini tarixida yangilik bo‘lishi kutilmoqda. Nashr bir yil ichida ilk bor ikkita sovrin taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

L’Equipe nashrining xabar berishicha, taqdirlash marosimi Gollivud stsenariysi asosida o‘tkaziladi va ikkita sovrin ketma-ket taqdim etiladi.

Gap shundaki, o‘tgan yili pandemiya tufayli France Football mutasaddilari “Oltin to‘p”ni taqdirlash marosimini o‘tkazishdan voz kechgandi va ko‘pchilik tomonidan ushbu sovringa loyiq topilgan Robert Levandovski sovrindan quruq qolgandi.

“Bavariya” hujumchisi bu yil ikkita sovrinni birdaniga olish imkoniga ega. Chunki u joriy yilgi nomzodlar ro‘yxatida ham bor. Levandovskidan tashqari bu galgi “Oltin to‘p”ga “Chelsi” vakili Ngolo Kante va PSJning yangi hujumchisi Lionel Messi ham da’vogar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!