
Levandovski bir zumda asosiy figuraga aylandi
“Barselona”ga germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flikning bosh murabbiy etib tayinlanishi natijasida klub rahbariyati ayrim o‘yinchilarga nisbatan siyosatini o‘zgartirishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Jurnalist Viktor Navarroning ma’lum qiligicha, Flik kelishi bilan Robert Levandovskiga jamoaning asosiy figurasiga aylanadi. Flik polshalik hujumchiga “Bavariya”da ham ustozlik qilgan va uning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.
Xavi Ernandes davrida klub rahbariyati 35 yoshli to‘purardan tezroq qutilishga harakat qilayotgan edi.
Levandovski o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, 26 ta gol va to‘qqizta assist qayd etdi. Uning klub bilan bitimi 2026 yilning yarmigacha davom etadi.
Fikrlar