Levandovski bilan ziddiyatga borgan bosh murabbiy Polsha terma jamoasidan ketdi

  • 12 iyun, 12:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Polsha terma jamoasi tarixidagi eng zo‘r to‘purar Robert Levandovski terma jamoani Mixal Probej boshqarar ekan xalqaro maydondagi uchrashuvlarda qatnashmasligini ta’kidlagan edi.

Tecno

Bunga 36 yoshli hujumchining Mixal Probej bilan kelisha olmay qolgani sabab. Gap shundaki, bosh murabbiy mamlakatning eng mashhur futbolchisini jamoa sardorligidan olib tashladi. Polsha futbol uyushmasi bu bosh murabbiyning shaxsiy tashabbusi ekani va o‘yinchilar kengashining qarori emasligini ma’lum qildi.

Polsha terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatining saralash turniri doirasida Finlyandiya futbolchilariga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. Shundan so‘ng, bosh murabbiy ishdan ketishga qaror qildi.

- Yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, bosh murabbiylikdan iste’foga chiqish terma jamoa manfaati uchun eng to‘g‘ri qaror, degan xulosaga keldim, - dedi Mixal Probej.

Mixal Probej 2023 yilning sentyabrdan beri boshqarib kelayotgan edi.

Robert Levandovski 2008 yildan beri terma jamoa a’zosi hisoblanadi. Uning hisobida xalqaro maydonda kiritilgan 85 ta gol bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!