
Levandovski Belgiyaga uchralgan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng: "Men charchagandim"
UEFA millatlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan Belgiya - Polsha o‘yinida mezbonlar yirik 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng polshaliklar yulduzi Robert Levandovski o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"69-daqiqada men o‘zgartirilishim kerak edi. Afsuski, men keragidan ko‘p maydonda bo‘ldim.
Har bir bahsda 90 daqiqa o‘ynay olaman, deya olmayman. Mavsum yakunlandi va tanada charchoq alomatlari sezilishi tabiiy.
Bu bellashuvda hujumchilar ham himoyaga qaytib, yordamga kelishi lozim edi. Shu sabab bizdan katta kuch talab qilinardi. Bunday paytda hujumga o‘tish qiyin bo‘ladi", - dedi "Bavariya" hujumchisi.
Fikrlar