
Levandovski “Barsa”ga zo‘r futbolchi topib berdi
“Barselona”ning polshalik hujumchisi klub rahbariyatiga jamoa himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun “Spetsiya” vakili Yakub Kivyorni transfer qilishni maslahat berdi.
Polshalik himoyachini ayni paytda “Milan” va “Vest Xem” jiddiy qiziqish bildirmoqda va Kataloniya klubi Levandovski taklifini qabul qilsa, bu jamoalar bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi, - deb yozmoqda Tuttosport nashri.
- Kivyorning salohiyati juda yuqori. Niderlandiyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan oldinga mashg‘ulotda men bu o‘yinchi kimligiga qiziqib qoldim. O‘yin vaqtida uning zo‘rligini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, - dedi Robert Levandovski.
22 yoshli futbolchi “Spetsiya” bilan 2025 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega. Italiya klubi bu o‘yinchini o‘tgan yozda 12 million evroga sotmagan edi.
Fikrlar