Levandovski “Barsa”ga qimmatga tushyapti

  • 14 may, 2024, 12:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

35 yoshli forvard Robert Levandovski “Barselona” bilan juda manfaatli shartnoma tuzgani oshkor bo‘ldi.

Tecno

Cadena Ser nashrining ta’kidlashicha, kataloniyaliklar polshalik hujumchiga navbatdagi ikki mavsum uchun umumiy hisobda 58 million evro maosh to‘lashi kerak.

Kelasi mavsum Robertning soliqqa tortilgunicha oladigan maoshi 32 million evroni tashkil qilmoqda. Forvard 2025-2026 yilgi mavsumni ham “Barselona”da o‘tkazsa, yana 26 million evro moyana olishi kerak.

Bundan tashqari, agar jamoa chempion bo‘lsa, unga 600 ming evro, trebl qayd etsa, ikki million evro bonus to‘lanadi.

Levandovski kelasi mavsumdagi barcha uchrashuvlarning  55 foizidan kamida qatnashsa, klub u bilan shartnomani bekor qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!