Levandovski “Barsa”dan ketishga tayyor. Oldida ikkita variant turibdi
Keyingi paytda Robert Levandovskining “Barselona”dan ketishi mumkinligi ko‘p muhokama qilinmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, polshalik forvard yanvar oyidayoq Kataloniyani tark etishi mumkin. Klub rahbariyati eng katta maosh olayotgan 35 yoshli futbolchining o‘yinidan qoniqmayapti va bu o‘yinchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, Levandovskining agenti Pini Zaxavi Saudiya Arabistoni va MLS klublari bilan muzokaralarni boshlab yubordi.
Robertning o‘zi ham agar yaxshi taklif bo‘lsa, jamoasini o‘zgartirishga tayyor ekani aytilmoqa. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuzilgani bois, Levandovskini oladigan klub badal puli ham to‘lashi kerak bo‘ladi.



Fikrlar