
Levandovski “Barsa”da qaysi raqam ostida o‘ynashi ma’lum (foto)
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "Kamp Nou"da muxlislarga rasman tanishtirildi.
33 yoshli polshalik futbolchi to‘qqizinchi raqam ostida maydonga tushdi. Aslida bu raqam Memfis Depay tegishli edi.
Eslatib o‘tamiz, Levandovski mavsumoldi o‘rtoqlik uchrashuvlarida 12-raqam ostida harakat qilgan.
Oldinroq "Barselona" Levandovski transferi uchun 45 million evro to‘lagani malum bo‘lgandi. Shuningdek, 5 million evro bonus sifatida to‘lanishi ma’lum qilingan edi.
Fikrlar