Levandovski “Barsa” transferidan xavotirga tushib qoldi

  • 23 iyul, 06:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” o‘z tarkibini “Manchester Siti” tarbiyalagan mohir hujumchi Markus Reshford bilan kuchaytirmoqda.

Tecno

El Nacional nashrining yozishicha, bu transfer “Barselona”ning so‘nggi yillardagi eng zo‘r to‘purari Robert Levandovskining tinchligiga putur etkazdi. Avgust oyida 37 yoshni qarshi oladigan polshalik forvard klub uni sekin-asta chetga surishini his qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, Markus Reshford aslida qanot hujumchisi bo‘lsa-da, hujum markazida ham samarali o‘ynay oladi va bu pozitsiyada Robert Levandovskiga yaxshigina raqobat ko‘rsatishi mumkin.

Levandovski 2025-2026 yilgi mavsum o‘zi uchun Katalonmya klubidagi oxirgisi bo‘lishi mumkinligini biladi.

Yangi mavsumda polshalik legioner o‘yin vaqti qisqarishiga tayyor bo‘lishi kerak. Qolaversa, Markus Reshford “Barsa”da yaxshi o‘ynab ketsa, Levandovskining 2026 yilning 30 iyunida tugaydigan shartnomasi uzaytirilmasligi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!