Levandovski “Barsa” safidagi debyut golini ikki so‘z bilan tarifladi

  • 8 avgust, 2022, 14:25
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski kataloniyaliklar safidagi debyut goliga munosabat bildirdi.

Tecno

Polshalik goleador Meksikaning “Pumas” klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida gol urdi. Uchrashuv 6:0 hisobida “ko‘k-anorranglilar” foydasiga hal bo‘ldi.

"Ajoyib oqshom", — deb yozdi Levandovski o‘yindan keyin ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Levandovski yozgi transfer oynasida "Bavariya"dan "Barselona"ga ko‘chib o‘tgan edi. Transfer summasi 45 million evroni tashkil qildi.

Ispaniya chempionatining yangi mavsumi birinchi turida “Barselona” o‘z maydonida “Rayo Valekano”ni qabul qiladi. Uchrashuv 13 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!