Levandovski "Barsa" amalga oshirayotgan transferlar haqida gapirdi
Robert Levandovski "Barselona"ga o‘tgani borasida fikr bildirdi.
Kataloniya klubi 33 yoshli hujumchi uchun "Bavariya"ga 45 million evro to‘laydi. Shuningdek, kelishuvda 5 million evro bonus ham ko‘rsatilgan.
"Barselona"da o‘tgan mavsum muammolar bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, jamoa yuqori potentsialga ega. Ayni vaqtda ular bir qator yaxshi transferlarni amalga oshirdi.
O‘ylashimcha, "Barsa" o‘z darajasiga qaytish uchun to‘g‘ri yo‘lda. Mening maqsadim "ko‘k-anorranglilar" bilan ko‘plab sovrinlar yutish", - dedi polshalik forvard.



Fikrlar