Levandovski 2:8 haqida gapirdi

  • 26 iyul, 2022, 14:12
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Robert Levandovski "Barselona"ning "Bavariya"ga 8:2 hisobida yutqazgan o‘yini haqidagi savolga javob berdi. 

2020 yilning avgustida jamoalar EChLning chorak finalida uchrashishgan va myunxenliklar 8:2 hisobida g‘alaba qozongan. Polyak mazkur bahsda bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. 

- Aytishim mumkinki, biz "Barsa"da bu haqida gaplashmadik. Hammasi o‘tmishda qoldi. Ortga qaramagan yaxshi. 

- Siz "Barselona"ga g‘alaba mentalitetini qo‘sha olasizmi? 

- Umid qilaman. Men har doim g‘alaba va gol urish haqida o‘ylayman. Raqib kim bo‘lishining farqi yo‘q. G‘alabaga doimo chanqoqman. Mazkur jamoaning salohiyati yuqori. Biz bosqichma-bosqich birgalikda harakat qilishimiz zarur", - dedi "ko‘k-anorranglilar"ning yangi futbolchisi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!