
Levandovski, Koman va Sanening gollari "Bavariya"ning ishonchli hisobdagi g‘alabasini ta’minladi (video)
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 4-turida “Bavariya” o‘z maydonida “RB Zaltsburg”ni qabul qildi.
“Allianz Arena”dagi o‘yin gollarga boy bo‘ldi. Yakunda 3:1 hisobida maydon egalari zafar quchdi. Mezbonlar safida gollarni Robert Levandovski (43'), Kingsli Koman (52') va Leroy Sane (68') kiritgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona goliga Mergim Berisha (73') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar