
"Lester"ning etakchi futbolchisi 1 oyga safdan chiqdi
"Lester" klubi yarim himoyachisi Vilfred Ndidi jarohati sabab taxminan 1 oy maydonga tusholmaydi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
“Tulkilar” bosh murabbiyi Brendan Rojersning aytishicha 23 yoshli nigeriyalik futbolchi mashg‘ulot paytida jarohat olgan. Endi u jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi va taxminan bir necha hafta maydonga tusholmaydi.
“Aytarlik jiddiy muammo yo‘q. U fevraldan boshlab yana maydonga qaytadi deb o‘ylayman”, - deydi Rojers.
Ma’lumot uchun, Ndidi joriy mavsum APLda 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar