"Lester" yozda Starrijni sotib olmoqchi
"Liverpul" klubi forvardi Deniel Starrij yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli angliyalik futbolchiga "Lester" klubidan jiddiy qiziqishlar mavjud. Uni shaxsan “tulkilar” bosh murabbiyi Brendon Rojers o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. O‘z navbatida Starrij ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Starrij “Liverpul” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar