
"Lester" ustozi "Tottenxem"da ish boshlashi mumkin
"Tottenxem" FIFA kunlarida Antonio Konteni o‘z ishidan ozod qildi. Ayni dam klubni yordamchi murabbiy Stellini va Meyson boshqarmoqda.
"Shporlar" jamoasiga kelishi mumkin bo‘lgan 3 ta murabbiy nomi tilga olinmoqda. Bular Nagelsmann, Luis Enrike va Pochettino. Ammo hali hech qaysi mutaxassis bilan muzokaralar o‘tkazilmayapti.
"Talk Sport" nashri xabar berishicha, "Tottenxem"da ishlashi mumkin bo‘lgan murabbiylar qatoriga "Lester" ustozi Brendon Rojers ham qo‘shildi. U mavsum so‘nggida "tulkilar"ni tark etishi mumkin. Jamoa APLda 17-o‘rinda bormoqda va "xavfli zona"ga yaqin.
Fikrlar