
"Lester" tarkibni kuchaytiradigan futbolchilarni ko‘z ostiga olib qo‘ydi
"Lester" iyun oyi oxirida erkin agentga aylanadigan "Sautgempton" himoyachisi Rayan Bertran bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Bertran “tulkilar”ning muammoli pozitsiyasini mustahkamlashning yagona varianti emas. "Lester" ustozi Brendan Rojers bu borada "Atalanta"ning 26 yoshli himoyachisi Robin Gosensni ham ko‘z ostiga olib qo‘ygan.
Bundan tashqari, "Sporting"ning 18 yoshli iste’dli futbolchisi Nunu Mendesh ham shimoliy irlandiyalik mutaxassisni o‘ziga jalb qilgan.
Bertran joriy mavsum APLda jami 29 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Gosens bu mavsum A Seriyada 32 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 11 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Mendesh yakunlangan Portugaliya chempionatida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar