
"Lester" "Real" qiziqayotgan futbolchining narxini ma’lum qildi. Bu madridliklarga qimmatlik qilmaydimi?
"Lester" himoyachisi Uesli Fofanani sotishga tayyor. Bu haqda "Get French Football News" xabar tarqatdi. Futbolchi uchun kurashda "Real" asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, "tulkilar" o‘z himoyachisini 80 million evroga baholamoqda. Moliyaviy inqiroz vaqtida madridliklar yosh frantsuzni bu narxga sotib ololmasa kerak.
Fofana o‘tgan yili "Sent-Eten" safidan "Lester"ga ko‘chib o‘tgan edi. 2020/21 yilgi mavsumda Uesli 28ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga bitta assist yozdirib qo‘ygan.
Himoyachining jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar