"Lester" Frantsiya chempionidan futbolchi sotib oldi

  • 2 iyul, 2021, 21:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lester" o‘zining rasmiy saytida "Lill" yarim himoyachisi Bubakari Sumareni sotib olganini tasdiqladi.

Tecno

"Tulkilar" hozircha 22 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha boshqa tafsilotlarni oshkor qilishmayapti. Ayrim manbalarga ko‘ra, ushbu transfer “Lester”ga 20 million evroga tushgan.

Sumare APL klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

Bubakari Sumare "Lill" safida 2017 yildan buyon o‘ynab kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 112 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 3 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!