
"Lester" etakchisi: Ahmoqona xatoga yo‘l qo‘ydik
"Lester" kecha Premer-liganing 30-turida yana mag‘lubiyatga uchradi. “Tulkilar” bu safar o‘z maydonida “Bornmut”ga (0:1) imkoniyatni boy berishdi. Aytish kerakki, bu jamoa uchun ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.
"Lester" hujumchisi Jeyms Meddison ushbu muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng o‘z his-tuyg‘ularini quyidagicha izohladi:
"Hozir juda ranjiganman. Biz muhim o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdik, ko‘p mehnat qildik, lekin ahmoqona xatoga yo‘l qo‘ydik va hammasi barbod bo‘ldi. Men juda xafaman”, — dedi Meddison BBC Sport nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, “Lester” keyingi turda safarda “Manchester Siti” mehmoni bo‘ladi.
Fikrlar