
"Lester" Angliya kubogi finaliga qanday chiqdi? (video)
Bugun Angliya kubogi yarim finalida “Lester” va “Sautgempton” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Londondagi muhtasham “Uembli” o‘yingohida kechgan bahs 55-daqiqada Kelechi Ixeanacho tomonidan yagona gol hal qildi. Shu tariqa 1:0 hisobida g‘alaba qozongan “tulkilar” final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Hal qiluvchi o‘yinda “Lester”ga “Chelsi” raqiblik qiladi.
Fikrlar