
"Lester" Angliya futbolida tarixiy antirekord o‘rnatdi
"Lester" Angliya Premer-ligasidagi navbatdagi o‘yinda yirik mag‘lubiyatga uchradi (0:3).
Bu safar “tulkilar” “Nyukasl”ga qarshi maydonga tushib, uchta golni ilk bo‘limdayoq o‘z darvozasidan o‘tkazib yubordi. "Squawka"ning qayd etishicha, "Lester" Angliya futboli tarixida chempionat doirasidagi ketma-ket 8 ta uy uchrashuvida gol ura olmasdan mag‘lub bo‘lgan ilk jamoaga aylandi. Qizig‘i shundaki, har bir mag‘lubiyat kamida ikki to‘p farqi bilan yakunlangan.
Rud van Nistelroy boshchiligidagi jamoa hozirda Premer-liga turnir jadvalining 19-o‘rnida joylashgan. 31 turdan so‘ng atigi 17 ochko to‘plagan "Lester" 17-o‘rindan 15 ochkoga ortda qolmoqda.
Fikrlar