Leroy Sane yaqinda "Nyukasl"ga erkin agent sifatida o‘tishi mumkin

  • 18 may, 11:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Leroy Sane jamoani tark etishi ehtimolga yaqin. "Nyukasl" 29 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Bayern Insider" nashri xabar berdi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sane "Bavariya" taklif qilayotgan yangi shartnoma shartlaridan qoniqmayapti. Shuningdek, uning jufti yana Angliyaga qaytishni xohlamoqda — u erda Sane avval "Manchester Siti" safida to‘p surgan.

Germaniya Bundesligasining yakunlangan mavsumida Sane 30 uchrashuvda maydonga tushib, 11 gol va 5 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!